Iydul Fitr – Ramazon hayiti muborak boʻlsin!

Bismillahir Rohmanir Rohiym. 

21:55 23.05.2020
“Fair-news”: Oʻzbekistonda 500 mingdan ortiq tadbirkor va 8 milliondan ziyod aholi 30 trillionlik imtiyoz va preferensiyalarga ega boʻldi”

“Soʻnggi ikki oy mobaynida mamlakat aholisi hayotida va iqtisodiy jabhalarda pandemiya oqibatlarini yumshatishga doir Oʻzbekiston Prezidentining 12 ta farmon va qarorlari qabul qilindi. Buning natijasida 500 mingdan ortiq tadbirkor va 8 milliondan ziyod aholi 30 trillionlik imtiyoz va preferensiyalarga ega...

17:51 23.05.2020
“Oʻrikzor” savdo majmuasida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, bozor vaqtinchalik yopildi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan hududlar, jumladan, Toshkent shahri aholisi oʻrtasida koronavirus infeksiyasini erta aniqlash hamda tarqalishining oldini olish maqsadida poytaxtimizdagi barcha dehqon bozorlari va yirik savdo majmualari ishchi-xodimlari, sotuvchilari hamda yuk tashuvchilaridan profilaktika maqsadida koronavirus infeksiyasiga laborator tahlillar uchun surtma...

15:58 23.05.2020
O'zbekistonda “So'nggi qo'ng'iroq”ning onlayn-translyatsiyasi tashkil etiladi

Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan umumta'lim maktablari o'quvchilari uchun darslar onlayn tarzda o'tkazilmoqda. Karantin talablariga ko'ra bu yil maktablarda “So'nggi qo'ng'iroq” tadbirlari o'tkazilmaydigan bo'ldi. Bu esa bitiruvchilarning kayfiyatiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Chunki maktab bilan xayrlashuv tadbiri bir umr insonning xotirasida...

15:53 23.05.2020
Oʻzbek giloslari Janubiy Koreya supermarketlarida sotilmoqda

Bugun “Oʻzbekiston havo yoʻllari“ milliy aviakompaniyasining yuk tashish boʻyicha charter reysi bilan Koreya Respublikasining Inchon shahriga diyorimizda yetishtirilgan 17,8 tonna sarxil gilos yetkazib berildi. Bu ushbu mamlakatga yurtimizdan yuborilgan shunday mahsulotning ikkinchi partiyasidir. Bu haqda “Dunyo“ AA xabar berdi.

13:12 23.05.2020
Klasterlar va “Ekobozor”lar tizimi boʻyicha Ekopartiya fraksiyasi nima demoqchi?

Yaqinda Oʻzbekiston Ekologik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi Oʻzbekistonda klasterlar va “Ekobozor”lar tizimini rivojlantirish boʻyicha chuqur tahlillarga asoslangan oʻrganishlar oʻtkazdi. Shulardan kelib chiqib, fraksiya oʻz takliflarini ishlab chiqdi.

04:11 23.05.2020
Senat Raisi COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashishda ayollar faolligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

2020-yil 22-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva BMT-ayollar tuzilmasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro videokonferensiyada ishtirok etdi.

03:56 23.05.2020
Dunyoda koronavirus. “Dyuti-frilar“ faoliyati taqiqlanadi va boshqa yangiliklar

— Jons Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 5,1 mln.dan oshib ketdi, 335 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 1,98 mln.dan ziyod inson tuzalgan.

23:52 22.05.2020
800 nafar xotin-qizga mehnat daftarchasi ochildi

Bugun Piskent tumanida pilla terishga kirishildi. Shu munosabat bilan tuman “Agropilla” MCHJda mavsumning ochilish marosimiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda hokimlik, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi va tegishli soha vakillari hamda Janubiy Koreyaning “Jin Juz Silk” MCHJ kompaniyasining respublikamizdagi boshqaruvchisi...

23:35 22.05.2020
Koʻz ilgʻamas “darcha” fosh etildi

Majburiy ijro byurosi Namangan tuman boʻlimi xodimlari tomonidan karantinli davrda belgilangan sanitar qoidalariga amalga qilgan holda oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlari jarayonida elektr energiyasi tarmoqlariga oʻgʻrincha ulanib, foydalanish holatlari fosh etildi.

23:13 22.05.2020
Pillakorlar uchun 12 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ tarqatildi

Soʻnggi yillarda respublikamizda pillachilik sohasini rivojlantirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning turlarini kengaytirish, shuningdek, pillachilik tarmogʻi korxonalarining eksport va investitsiya faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

22:28 22.05.2020
Oila aʼzolarimiz sogʻligi va xavfsizligi uchun oila davrasida qolaylik

Jonajon Vatanimizda milliy va diniy qadriyatlarimizga boʻlgan hurmat va eʼtiborni yana-da mustahkamlash, el-yurtimiz uchun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-muruvvat ramzi boʻlib kelayotgan muborak Ramazon oyida islom dinining tinchlik, bagʻrikenglik, shukronalik kabi olijanob gʻoyalari zaminida insonparvarlik mohiyatini keng angladik, deb oʻylayman!

19:28 22.05.2020
Ramazon hayitini hammamiz oʻz xonadonimizda nishonlaymiz

Yakunlanib borayotgan muborak Ramazon oyi biz uchun xayrli ishlar, savob amallar, ezgu niyatlar uchun qulay fursat boʻldi. Qutlugʻ kunlarda xalqimiz saxovatga shoshildi, xususan Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar va faollar ham ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, muhtojlarga yordam qoʻlini...

19:21 22.05.2020
Ertaga charter reys orqali Novosibirskdan 271 nafar oʻzbekistonlik olib kelinadi

Roʻyxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qoʻyiladi.

18:27 22.05.2020
Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3028 nafarga yetdi

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 11 nafari oldindan karantinda boʻlgan fuqarolar, 11 nafari esa aholi orasidan qayd etildi.

16:50 22.05.2020
Toshkentda yana 25 nafar bemor koronavirusni yengdi

Toshkent shahrida shu paytga qadar 848 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 873 nafarga yetdi.

16:44 22.05.2020