Tabiatga zarar yetkazganlik haqida xabar bergan shaxslarga pul mukofoti beriladi

“Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

12:14 30.09.2020
Sugʻurtasiz avtomobillar jarima maydoniga qoʻyilmaydi

Mazkur Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgarishga koʻra, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganligi, shuningdek sugʻurta polisining haydovchi yonida boʻlmasligi transport vositalarini ushlab turishga asos boʻlmaydi.

11:25 29.09.2020
Bolasini masofaviy oʻqitayotgan ota-onalar farzandiga sharoit yaratib bermasa, chora koʻrilishi rostmi?

Bolasini masofaviy taʼlim shaklida oʻqitayotgan oilalarda farzandining onlayn oʻqishi uchun sharoit yaratib bermagan ota-onalarga nisbatan chora koʻrilishi rostmi? Ushbu savolga Xalq taʼlimi vazirligi Matbuot xizmati javob berdi

21:27 28.09.2020
IMEI-kodlari va shaxsiy maʼlumotlar: qonunga zid harakatlar katta jarima yoki uch yilgacha qamoq jazosiga olib keladi

Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazishda xorijdan mamlakatimizga kelayotgan fuqarolarning shaxsga doir maʼlumotlaridan uchinchi shaxslarning noqonuniy foydalanishi kuzatilyapti.

17:22 28.09.2020
Endi hududning tadbirkorlik rivojiga qarab hokimlar maoshiga 30 foiz ustama tayinlanadi yoki jarima qoʻllaniladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-sentyabr kuni hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi

19:45 24.09.2020
Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz – Prezident

Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz – Prezident

19:28 24.09.2020
“Karantin qoidasini buzganlik uchun avtomobillarni jarima maydoniga tiqmang, qoʻyib yuboring, degan talabimiz boshidanoq toʻgʻri boʻlgan”

Shuningdek, fuqaroga jarima maydonchasida toʻplanib qolgan toʻlovni ham aybdorlardan undirish masalasida toʻgʻri tushuntirish beribdi va qonunbuzilishiga yoʻl qoʻygan masʼullarni ishxonasiga taqdimnoma kiritibdi.

15:03 24.09.2020
“Adolatni tiklashga nega qarshilik qilinmoqda?” — TDPU shu mavzuda berilgan lavhaga munosabat bildirdi

"Kuni kecha ayrim ommaviy axborot vositalari tomonidan “Adolatni tiklashga nega qarshilik qilinmoqda” mavzusidagi lavha efirga uzatildi. Ushbu lavhada Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rahbariyati shaʼniga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi tasdiqlanmagan va asossiz xabarlar berildi.

19:58 19.09.2020
Isroil dunyoda birinchi marta koronavirus tufayli ikkinchi karantinni joriy etdi

Isroil dunyoda birinchi marta koronavirus tufayli takroriy karantinni joriy qildi.

18:11 18.09.2020
Ahmad Temirov, Vohidjon Isoqov oʻrnatilgan tartibda jarimaga tortilganidan xabarimiz bor, biroq... — senator

Ahmad Temirov, Vohidjon Isoqov oʻrnatilgan tartibda jarimaga tortilganidan xabarimiz bor, biroq bunday xatti-harakatlar “tartib qoidalarga zid ravishda mana shunday toʻy oʻtkazib, belgilangan jarimani toʻlab ketish bilan osongina qutilish mumkin” degan notoʻgʻri xulosalar shakllanishiga sabab boʻlishi yomon. Qolaversa, bunday tadbirlar kasallik...

11:52 17.09.2020
Sud sugʻurta kompaniyasiga “sotilganmi”?

Sud sugʻurtaga oid ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori talablari doirasida koʻrishi, Fuqarolik kodeksining tegishli moddalari doirasida qaror qabul qilishi...

19:32 16.09.2020
Karantin qoidalariga zid ravishda toʻy marosimi oʻtkazgan yana bir taniqli shaxs jarimaga tortildi

Maʼlum qilinishicha, sanitariya-epidemiologiya xizmati ishchilari tomonidan mazkur fakt asosida tadbirni tashkillashtirgan 32 yoshli Voxidjon I. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 54 moddasiga koʻra jarimaga tortildi. Unga EKIHning 5 baravari miqdorida jarima belgilandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

15:05 16.09.2020
Oʻsimlik dunyosi obyektlariga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Maʼlumotlarga koʻra, yashil olam shahar havosini 2-8 darajaga salqinroq qiladi, bitta daraxt yiliga 15 ming litrgacha suvni tuproqda saqlaydi. Oʻzbekiston hududining 7,5 foizi tabiiy oʻrmonlar bilan qoplangan. Dunyo mamlakatlarida esa bu koʻrsatkich 30 foizni tashkil etadi. Masalaning jiddiyligidan kelib chiqib,...

14:30 15.09.2020
Koronavirus odam ajratmaydi

Butun Yer yuzi boʻylab hukm surayotgan pandemiya hali ortga chekingani yoʻq. Mamlakatimizda karantin cheklovlarining yengillashtirilgani bir qancha imkoniyatlar eshigini ochgan boʻlsa-da, bu koronavirus xavfidan himoya qila olmaydi. Shunday ekan, kasallikni yuqtirib olish va yuqtirib qoʻymaslik choralarini koʻrish har birimizning burchimizdir....

12:51 15.09.2020
2020-yilda respublika boʻyicha daraxtlarning noqonuniy kesilishi soni keskin koʻpaygani maʼlum qilindi

Qonun tashabbuskorlari tomonidan qurilish surʼatlari va hajmining ortishi munosabati bilan daraxtlar va butalarning gʻayriqonuniy ravishda kesilishi, amaldagi qonun hujjatlarida javobgarlik belgilanmaganlik uchun keyinchalik kesib tashlash maqsadida daraxtlarni kundakov qilish yoki ularni oʻsishdan toʻxtashgacha shikastlantirish, shuningdek, ularni boshqa joyga koʻchirib oʻtqazish...

12:47 14.09.2020
Daraxtlarning kesilishini jarimalarni oshirish bilan toʻxtatib boʻladimi?

Maʼlumotlarga qaraganda, urush va zoʻravonliklar, kasallik, ocharchilik va tabiiy ofatlardan koʻra, atrof-muhit, suv va havo ifloslanishidan koʻproq odam nobud boʻlarkan. Jumladan, havo ifloslanishdan oʻlim soni chekish sabab yuz beradigan oʻlim miqdoridan 1,5 barobar, OITS, sil va bezgakdan 3-marta, urush va...

12:37 14.09.2020
Qarzdor otalarga jazo bor

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksida ota-onalar voyaga yetmagan farzandlarining taʼminoti uchun aliment toʻlashi lozimligi, aliment voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari nikohda turishi yoki nikohda turmasligidan qatʼiy nazar, voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uchun ularning ota yoki onasidan undirilishi belgilangan.

09:52 14.09.2020
Raqam oʻrniga oʻz ismini yopishtirib olgan “YUSUF”ning avtomashinasi jarima maydonchasiga qoʻyildi

Qashqadaryo viloyati, Kitob shahrida yashovchi Yu.Ahmadjonov 70 H 207 LA davlat raqam belgili, “Neksiya-2” rusumli transport vositasining orqa tomoniga oʻrnatilgan davlat raqam belgisini yechib, oʻrniga oʻz ismi yozilgan qogʻozni yopishtirib, Kitob shahar hududi boʻylab harakatlanib yurgan vaqtida YPX xodimi tomonidan...

17:37 11.09.2020
Samarqandda “Afrosiyob” tezyurar poyezdi chorva mollarini bosib ketdi

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 6-sentyabr kuni soat taxminan 10:17 atrofida “Toshkent — Samarqand —Buxoro» yoʻnalishida harakatlangan 762-sonli “Afrosiyob” tezyurar yoʻlovchi poyezdi «Kattaqoʻrgʻon — Ziyovuddin» bekatlari oraligʻida temir yoʻl hududiga kirib qolgan 3 bosh mayda shoxli chorva mollarini...

15:30 11.09.2020