Jomboylik 96 yoshli qariyaning tomorqasida 122 tup giyohvandlik oʻsimliklari yetishtirilayotganligi aniqlandi

23:32 22 May 2020 Jamiyat
129 0

2020-yilning 19-may kuni soat 11:20 da Jomboy tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida Gʻorovtepa qishlogʻida yashovchi 96 yoshli Gʻ.T.ning yashash uyi hovlisidagi tomorqasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi. Natijada tomorqasida ekilgan jami 122 tup yashil rangli, oʻtkir hidli, “koʻknor” giyohvandlik oʻsimligini yetishtirib kelayotganligi aniqlanib, ushbu 122 tup oʻsimliklar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Jomboy tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev

(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?