Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida maxsus turistik zonalar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

09:33 15 Avgust 2019 Jamiyat
37 0

Illyustrativ foto

Turizm sohasini rivojlantirish yoʻlida qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish va ushbu sohaga investitsiyalarni yanada faol jalb qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilmoqda. Shunday boʻlsa-da, yilning qaysi mavsumi boʻlishidan qatʼi nazar, kurort zonalardan foydalanish va bu obyektlarga turistik oqimni jalb qilish boʻyicha mavjud salohiyatidan toʻliq foydalanilmayapti. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlarining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish va ularning samaradoriligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish tizimini takomillashtirish uchun maksimal qulay shart-sharoit yaratish, zamonaviy mehmonxonalar majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar, eko- va agroturizm hamda boshqa sayyohlik obyektlari, hududlarda zamonaviy muhandislik infratuzilmalarini barpo etish, shuningdek, olis togʻli hududlarda qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida maxsus turistik zonalar faoliyatini rivojlantirishga doir loyihalar ishlab chiqilgan. Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Jizzax, Namangan, Surxondaryo va boshqa viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda ikki oy muddatda tegishli turistik hududlarni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha batafsil reja ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?