JCh-2022 saralashi. O‘zbekiston terma jamoasi Falastinga yutqazib qo‘ydi

09:36 06 Sentyabr 2019 Sport
190 0

2022-yilda Qatarda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining saralash o‘yinlariga start berildi.

Kecha Falastin terma jamoasi mehmoni bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z darvozasidan ikkita gol o‘tkazib yuborgan holda raqibga imkoniyatni boy berdi.

Falastin – O‘zbekiston 2:0

Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy)

Yordamchi hakamlar: Huo Veiming (Xitoy), Vang Detsin (Xitoy).

Zaxira hakami: Arafa Muhammad (Iordaniya).

Nazoratchi: Baskar Purushotaman (Hindiston).

Komissar: Shahir Ahmed (Maldiv).

Gol: Oday Ibrahim Dabbah (61). Islam Batran (85).

Falastin: 3. Muhammad Rashid, 5. Yosir Hamid, 7. Musab Battat, 9. Tamer Seyyam, 11. Oday Ibrahim Dabbah (21.Islam Batran - 83), 14. Abdallah Jaber, 15. Abdulatif Albahdari, 19. Mahmud Vadi (Solih Chixadex - 64), 20. Natmi Albadavi, 22. Rami Hamada, 23. Muhammad Darvish.

O‘zbekiston: 1. Eldorbek Suyunov, 4. Farrux Sayfiyev, 5. Anzur Ismoilov, 6. Davronbek Xoshimov, 7. Odiljon Hamrobekov, 8. Ikromjon Aliboyev (23. Sanjar Shoahmedov - 63), 9. Odil Ahmedov, 10. Jaloliddin Masharipov (11. Temurxo‘ja Abduxoliqov - 83), 14. Eldor Shomurodov, 15. Yegor Krimets, 19. Quvondiq Ro‘ziyev (17. Dostonbek Hamdamov - 63).

Ogohlantirishlar: Tamer Seyyam (19), Muhammad Darvish (64) – Yegor Krimets (30).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?