JCH-2018. Finalchilar nomi aniq bo‘ldi

09:42 12 Iyul 2018 Sport
541 0
Foto: Getty Images

Rossiyada davom etayotgan jahon chempionatining yarim final o‘yinlari o‘tkazildi. Ikkinchi yarim finalda Xorvatiya va Angliya terma jamoalari o‘zaro ro‘baro‘ keldi.

Uchrashuvning dastlabki qismida Kiran Trippyer tomonidan kiritilgan gol evaziga xorvatlar hisobda oldinga chiqib olishgandi, biroq ikkinchi bo‘limda Ivan Perishichning goli sabab hisob tenglashdi. Asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmagach, 15 daqiqadan yana 2ta bo‘lim o‘tkazildi. Overtaymlarning ikkinchisida Mario Mandjukich tomonidan kiritilgan gol Xorvatiyaga tarixiy g‘alabani taqdim etdi.

Natijada Xorvatiya terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marta JCH finaliga yo‘llanma oldi. Endi jamoa 15 iyul kuni Fransiyaga qarshi g‘oliblik uchun maydonga tushadi. Angliya va Belgiya terma jamoalari esa 14 iyul kuni 3-o‘rin uchun o‘yinda maydonga tushadi.

JCH-2018
1/2 final 

Xorvatiya - Angliya 2:1
Gollar: 
Perishich (68), Mandjukich (109) - Trippyer (5).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?