Janubiy Koreya Oʻzbekistonga navbatdagi gumanitar yordamni yubordi

13:42 23 May 2020 Jamiyat
114 0

Oʻzbekistonning Seuldagi elchixonasi tomonidan Koreya Respublikasidan umumiy ogʻirligi 2 tonna boʻlgan navbatdagi gumanitar yordam jalb etildi. Bu koronavirusga qarshi xalqaro oʻzaro hamkorlik doirasida, shuningdek, mamlakatimizda Covid-19 tarqalishining oldini olish va bartaraf etishga koʻmaklashish maqsadida amalga oshirildi, deb xabar berdi “Dunyo“ AA.

Janubiy Koreyaning Suwan TPL kompaniyasi tomonidan yarim avtomat mexanizmiga ega koʻp funksiyali 20 ta karavot(toʻshaklari bilan)dan iborat shakllantirilgan yuk “Oʻzbekiston havo yoʻllari“ charter reysi bilan yurtimizga yuborildi.

Taʼkidlash joiz, mamlakatimizning Seuldagi diplomatik missiyasi tomonidan koronavirusga qarshi kurashish uchun insonparvarlik yordamini jalb etish boʻyicha faol ishlar olib borilyapti. Bunda birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan yuqori texnologiyali tibbiyot jihozlari(portativ rentgen uskunalari, shprisli nasoslar va hokazo)ga ahamiyat qaratilyapti.

Yukning qiymati 135 ming dollarlik qolgan 17 tonnalik qismi navbatdagi charter reysni tashkil etish doirasida joʻnatiladi.

Gumanitar yordam bugun Toshkentga yetib keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?