“Janubgazqurilish” AJ sotiladi

13:07 21 May 2020 Iqtisodiyot
379 0

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Janubgazqurilish” AJ sotilishini maʼlum qildi. Savdolar shu yili 2-iyun kuniga belgilangan. Shu kuni aksiyalar “Toshkent RFB” AJ savdolariga chiqariladi.

Aksiyalarning emitent ustav fondi - 51,18 foizni tashkil etsa, umumiy soni 74 005 dona oddiy aksiyadir. Bir dona aksiyaning nominal qiymati 5000 soʻm, uning savdoga qoʻyishdagi boshlangʻich narxi – 982 993,18 soʻmdir. Aksiyalar paketining umumiy boshlangʻich narxi – 72 746 410 285,9 soʻm.

Lotlar soni – aksiyalar “bitta aksiya - bitta lot” tamoyili asosida savdoga chiqariladi;

“Talabgorlar 2020-yilning 2-iyunidan birja qoidalariga muvofiq ”Toshkent“ RFBning maxsus platformasi orqali aksiya paketini sotib olish boʻyicha oʻz buyurtmalarini taqdim etishlari mumkin” deyiladi agentlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?