Jahon bozorida bugʻdoy narxi tushmoqda

15:44 18 May 2020 Iqtisodiyot
166 0

Jahonda bugʻdoy zaxiralari rekord darajaga yetgan. Rossiya bugʻdoyining bir tonnasi 198-200 AQSH dollaridan 193-195 dollargacha tushgan.

AQSH Qishloq xoʻjaligi vazirligi yangi (USDA) hisobotni eʼlon qilganidan soʻng jahon bozorida bugʻdoy narxi pasayishni boshladi. Mazkur hisobotda dunyo bugʻdoy zaxiralari joriy mavsumda 310 million tonnagacha (rekord daraja) oʻsishi prognoz qilingan. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi va Rossiyaning janubida kuzatilgan yogʻingarchiliklar tufayli yangi bugʻdoy hosilining holati yaxshilangan.

USDA maʼlumotlariga koʻra, Rossiya yangi mavsumda 35 million tonna bilan dunyodagi eng yirik bugʻdoy eksportchisi boʻlib qolaveradi. Joriy mavsum boshidan 14-maygacha Rossiya 35,3 million tonna don, shu jumladan 30,2 million tonna bugʻdoy eksport qilgan. Yiliga yetkazib berish mos ravishda 12- 9 foizga kamaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?