«Yuventus» sobiq futbolchisini bosh murabbiy qilib tayinladi

23:34 08 Avgust 2020 Dunyo
393 0

«Yuventus» yangi bosh murabbiy nomini eʼlon qildi. Klubning sobiq futbolchisi, 41 yoshli Andrea Pirlo shu lavozimga tayinlandi.

Avvalroq, Pirloning «Yuventus U23» bosh murabbiyi boʻlishi haqida qaror qabul qilingan edi. Ammo asosiy jamoa Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Lion” toʻsigʻidan oʻta olmagach, bosh murabbiy Mauritsio Sarri isteʼfoga chiqarib yuborildi. «Yuventus» rahbariyati esa yosh mutaxassisga asosiy jamoani topshirishga qaror qildi.

Eslatib oʻtamiz, Andrea Pirlo 2011-2015-yillarda futbolchi sifatida «Yuventus» sharafini himoya qilgan va 120 ta oʻyinda maydonga tushib, 16 ta gol urgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?