Yurtimizning uchta hududidan 33 nafar bemor tuzaldi 

15:31 24 May 2020 Jamiyat
788 0

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 13 nafar, Samarqand viloyatida 12 nafar hamda Navoiy viloyatida 8 nafar, jami 33 nafar bemor butunlay sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

❗️Endilikda Toshkent shahrida tuzalganlar 919 nafarga yetdi, davolanayotganlar esa 353 nafarni tashkil etmoqda. Samarqand viloyatida esa sogʻayganlar 230 nafarga yetib, davolanayotganlar 94 nafar boʻlib turibdi. Navoiy viloyatida darddan forigʻ boʻlganlar 10 nafar, davolanayotgan esa 78 nafarni tashkil etmoqda.

Aholi orasidan koronavirus infeksiyasi aniqlanayotgan fuqarolar ham aynan ushbu uchta hudud: Navoiy va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

‼️Shu bois, ushbu hududlarda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda bemorlarni samarali davolash borasida qatʼiy choralar koʻrilmoqda.

❗️Shunday qilib, bugun hozirga qadar 33 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 2565 nafarga yetdi. 

❗️Hozirda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 3132 nafarni tashkil qilib, sogʻaygan va vafot etganlardan tashqari, jami 554 nafar bemor davolanmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?