“Oʻzbekneftgaz”: “UNG Petro” yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga yoqilgʻi quyish xizmatini ishga tushirdi

15:02 20 May 2020 Iqtisodiyot
205 0

“Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli “UNG” milliy brendi ostida neft va gaz mahsulotlarini sotishni amalga oshiruvchi yoqilgʻi quyish stansiyalari tarmogʻini birlashtiruvchi “UNG Petro” korxonasi 2020-yil 21-may kunidan eʼtiboran, yuridik shaxslarga ham xizmat koʻrsatishni boshlamoqda.

Barcha yuridik shaxslar korxona bilan shartnoma imzolashlari, toʻlovni pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirishlari hamda tegishli plastik kartochkalari orqali yoqilgʻi qoʻyish stansiyalari xizmatidan foydalanishlari mumkin.

"Shartnoma tuzish, xizmat koʻrsatish shartlari, yoqilgʻi qoʻyish stansiyalarida sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida toʻliq maʼlumotlarni +998 90 008-68-88 telefon raqami va telegramdagi @UNG_Petro_Bot orqali olishingiz mumkin" deyiladi “Oʻzbekneftgaz“ AJ Matbuot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?