Yurak kasalliklari xavfini kamaytiruvchi foydali mahsulot qaysi?

15:11 19 Fevral 2019 Lifestyle
1525 0

Illyustrativ foto

American Heart Journal jurnalida shokoladning yurak salomatligini mustahkamlashdagi foydasi haqida maqola eʼlon qilindi.

Nashrda qator tadqiqotlar davomida olingan maʼlumotlar keltirib oʻtilgan. Unga koʻra, shokolad isteʼmol qilish turli yurak kasalliklari bilan bogʻliq xatarlarni kamaytirar ekan.

Xususan, olimlarning taʼkidlashicha, haftasiga 28 gramm shokolad tanovul qilish yurak yetishmovchiligi rivojlanish xavfini 18 foizga pasaytiradi. Ratsionda shokoladning doim mavjudligi tebranma aritmiya(yurakning nomuntazam urishi) paydo boʻlish xatarini kamaytirishi aniqlangan.

“Haftasiga 2 tadan 6 tagacha shokolad yegan odamlarning tebranma aritmiyaga chalinish ehtimoli oyida bir martadan kam shunday shirinlik isteʼmol qilganlarga nisbatan 20 foiz past”, - deya qayd etishga mutaxassislar.

Ekspertlarning aytishicha, bu yerda gap kakao bilan toʻyintirilgan(kamida 70 foiz) shokolad haqida ketyapti. Bunday mahsulot kakaoning ziddi zahar (antioksidant) xususiyati va tarkibida katta miqdorda magniy borligi tufayli qon tomirlari funksiyalarini yaxshilaydi, qolaversa, shamollashni ozaytiradi va immun tizimiga trombotsit(qonning ivib qolishidan hosil boʻladigan tiqin) paydo boʻlishini nazorat qilishga yordam beradi.

Shokoladning ushbu xususiyati organizmdagi shamollash jarayonlarini pasaytiradi. Shunday ekan u gipertoniklar uchun ham oʻta foydalidir. Yuqori darajadagi kakaodan tarkib topgan shokolad isteʼmoli qandli diabet rivojlanish xavfini ham 20 foizga qisqartiradi. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?