Yunusobod mahallalari qanday dezinfeksiya qilinmoqda?(Fotoreportaj)

17:13 19 Aprel 2020 Jamiyat
2225 0

Foto: Nosir Haydarov / "Xalq so'zi"

Bugun yurtimizning har bir hududida koronavirus balosiga qarshi hamjihatlikda kurash olib borilyapti. Bu yoʻlda, ayniqsa, koʻchalar, yoʻllar, xonadonlar va ijtimoiy obyektlarda tozalikni saqlash, dezinfeksiya ishlarini muntazam, sifatli olib borishga katta eʼtibor qaratilyapti.

Bunday ishlar Yunusobod tumanining barcha nuqtalarida aniq grafik asosida amalga oshirib kelmoqda. Mazkur masʼuliyatli vazifani amalga oshirishga Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tuman boʻlimining fidoyi xodimlari munosib hissa qoʻshishmoqda.

Foto: Nosir Haydarov / "Xalq so'zi"

Fotomuxbirimiz tomonidan suratga olingan ushbu hududdagi Uvaysiy mahallasida joylashgan koʻp qavatli uylar, xonadonlar hamda ijtimoiy obyektarni dezinfeksiya qilish jarayonlari ham fikrimizni tasdiqlaydi.

Oʻz navbatida barcha mahallalarda postlar tashkil qilinib, aholining xavfsizligi va sanitariya osoyishtaligi qatʼiy nazoratga olingan.

Profilaktika inspektorlari oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondashmoqda.

Foto: Nosir Haydarov / "Xalq so'zi"

Xonadonlarda esa hayot davom etmoqda. Tomorqalarda ish qizgʻin. Yoshu keksa vaqtini mazmunli oʻtkazyapti, kitob mutolaa qilmoqda.

Xabaringiz bor, yaqinda Yunusobod tumanida yashovchi ayol fuqaroda koronavirus belgilari aniqlangan edi. U bungacha 5 marotaba shifoxonaga murojaat etgani haqida Bosh prokuratura ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi Sodiqjon Berdialiyev maʼlum qilgandi.

Foto: Nosir Haydarov / "Xalq so'zi"
Foto: Nosir Haydarov / "Xalq so'zi"
Foto: Nosir Haydarov / "Xalq so'zi"
Foto: Nosir Haydarov / "Xalq so'zi"
Foto: Nosir Haydarov / "Xalq so'zi"

Tekshiruv natijasida unda koronavirus aniqlangach, bemor bilan muloqotda boʻlgan 30 dan ortiq fuqarolar karantinga olingan edi. Keyinchalik u bilan muloqatda boʻlgan hamshira va boshqalarda ham koronavirus aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?