Yozuvchilar uyushmasiga yangi rais va rais o‘rinbosarlari tayinlandi

13:02 11 Aprel 2018 Madaniyat
1150 0

11 aprel kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda xabar.uz internet nashri xabar tarqatdi. Unda tashkiliy masala ko‘rilgan.

Ya’ni Yozuvchilar uyushmasi raisi lavozimida ishlab kelgan Muhammad Ali vazifasidan ozod etilgan. Uning o‘rnida rais o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Sirojiddin Sayyid ish boshlagan.
Yozuvchilar uyushmasining birinchi o‘rinbosari lavozimiga shoir Minhojiddin Mirzo tayinlangan.

Shuningdek, yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosar Iqbol Mirzo boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan uning o‘rniga “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nodir Jonuzoq tayinlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?