Yomgʻirlatib sugʻorish orqali hosildorlikni 100 sentnerga yetkazish mumkin

13:05 29 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
134 0

Butun yer yuzida suv taqchilligi kuzatilayotgan bir paytda undan unumli foydalanish kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Qoʻrgʻontepa tumanidagi «Inter Agro Star» fermer xoʻjaligida ham suvni tejash maqsadida yomgʻirlatib sugʻorish usuli joriy etildi.

— Ekinni egat orqali sugʻorish natijasida har gektar yerga ekilgan bugʻdoydan 60-70 sentnergacha hosil olish mumkin,-deydi fermer xoʻjaligi rahbari Nosirjon Madrahimov. — Yomgʻirlatib sugʻorish orqali bu koʻrsatkich 100 sentnerni tashkil etadi. Suvni esa 50 foizga tejash imkoni vujudga keladi.

Hisob-kitoblarga koʻra, Turkiyadan olib kelingan uskunalar uchun sarflangan [arajat 3 yilda oʻzini qoplaydi va undan 25 yilgacha samarali foydalanish mumkin. Bu esa qishloq xoʻjaligida, nafaqat, hosildorlikka erishish uchun, balki, xarajatni iqtisod qilish uchun ham yangi imkoniyat eshiklarini ochadi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?