Yaponiyada ilk bor “Oʻzbekiston animatsiya festivali” oʻtkazildi

17:19 01 Iyul 2019 Madaniyat
624 0

Tokio shahrida ilk bor “Oʻzbekiston animatsiya festivali” tashkil etildi. Tadbir Yaponiyadagi Oʻzbekiston yoshlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamkorligida tashkil etildi.

Taʼkidlash joizki, Yaponiya animatsiyaga boy davlat hisoblanadi. Oʻzbekistonning animatsiya festivalida yaponiyaliklar oʻzbek madaniyati va urf-odatlariga katta qiziqish bildirishdi. Tadbir davomida 20 dan ortiq yapon fuqarosiga oʻzbek xalqining milliy qadriyatlari va urf-odatlari haqida tayyorlangan videoroliklar taqdim etildi.

— Festival ishtirokchilari bilan samimiy suhbat qurdik, — deydi Yaponiyadagi Oʻzbekiston yoshlari assotsiatsiyasi ishchi guruhi aʼzosi Sitora Ahmedova. — Yaponiyaliklarga qadimiy Buxoro, Samarqand, Xiva shaharlari va Fargʻona vodiysi haqida koʻplab maʼlumotlar berdik. Yapon aholisi oʻzbek milliy kiyimlariga katta qiziqish bildirishadi, tadbirda ham milliy chopon va doʻppimizni hamda atlasdan tikilgan koʻylaklarni kiyib koʻrishdi va esdalik uchun suratga tushishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?