Yaponiya va Janubiy Koreyada Buxoro haqidagi birinchi “Guidebook” chop etildi  

11:52 17 Dekabr 2019 Welcome to uzbekistan
525 0

Yaponiyadagi Globe Trotter Guidebook va Janubiy Koreyadagi Cartographiya nashriyotlari vakillarining Oʻzbekiston, jumladan, Buxoro viloyatiga amalga oshirgan tashrifi natijasida joriy yilning noyabr oyi soʻnggida Bukhara Travel Guide Book kitobining yapon tilidagi ilk nashri ming nusxada chop etildi. Bu haqda Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Oʻz navbatida, World friends Korea va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Buxoro davlat universitetining oʻzaro hamkorligidagi bu yoʻnalishda olib borilayotgan keng koʻlamli tadbirlar nafaqat Buxoro, balki mamlakatimiz boʻylab ham turizmni rivojlantirish va sayyohlar oqimining oshishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur kitobda viloyatning boy sayyohlik salohiyati mukammal aks ettirilgan. Xususan, shu maqsadda unda barcha tarixiy madaniy meros obyektlari va muqaddas Yetti pir ziyoratgohlari, hududning gastronomik va ekoturizm salohiyati, milliy qadriyatlari va bayramlariga keng oʻrin berilgan. Toʻplamda 4 ta qismdan iborat maxsus xaritalar ham koʻrsatib oʻtilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?