Yaponiya kompaniyasi O‘zbekistonda benzin ishlab chiqaradigan zavod qurmoqchi

17:55 16 Aprel 2018 Iqtisodiyot
525 0

Yaponiyaning “Kawasaki Heavy Industries” konserni O‘zbekistonda tabiiy gazdan benzin ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan zavod qurishni mo‘ljallamoqda. 

Bu haqda «Tahlilnoma» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Konsern bo‘lib boshlig‘i T. Takasina ta’kidlashicha, kompaniya O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirish niyatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Kawasaki Heavy Industries” O‘zbekistonda GTG texnologiyasi asosida tabiiy gazdan benzin ajratib oladigan zavod qurish masalasini o‘rganmoqda.

Takasinaning fikriga ko‘ra, kompaniya loyihani amalga oshirish uchun Yaponiya hukumatidan moliyaviy ko‘mak olishni ham mo‘ljallamoqda.

Shuningdek, u “Kawasaki Heavy Industries” delegatsiyasi yaqin vaqt ichida O‘zbekistonga tashrif buyurishi va mazkur loyihani amalga oshirish yuzasidan vakolatli vazirliklar va idoralar bilan muhokama o‘tkazishni rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?