Yangiyo’lliklar qachon yangi yo’llarda yurishadi? (Foto-tanqid)

17:29 03 Aprel 2018 Jamiyat
847 0
Foto: Baxtiyor Akromov "Xalq so’zi". 

Ushbu suratlarda ko’rib turgan yo’llaringiz mamlakatimizning chekka hududlarida emas.

Foto: Baxtiyor Akromov "Xalq so’zi". 

Bu yo’llar shundoqqina poytaxt Toshkent shahri chegarasidan atigi bir necha chaqirim narida joylashgan Yangiyo’l tuman A. Ortiqov qishloq fuqarolar yig’iniga qarashli Samarqand va Do’stlik mahalla fuqarolar yig’inlari hududidan o’tgan.

Foto: Baxtiyor Akromov "Xalq so’zi". 

Ushbu yo’llar atrofida joylashgan mahallalarda 20 mingdan ko’proq aholi yashaydi. Mazkur yo’ldan Toshkent shahridan Yangiyo’lga yo’lovchi avtobuslar qatnaydi. Ushbu yo’nalishda xizmat ko’rsatuvchi haydovchilarning hasratidan chang chiqadi. Sabab yo’lning biror metr joyi yo’qki, ta’mirtalab bo’lmagan. 

Foto: Baxtiyor Akromov "Xalq so’zi". 

Ushbu yo’llarning oxirgi marta ta’mirlanganiga  40 yildan oshibdi. Hozirgi kunda bu yo’llar batamom yaroqsiz holga kelgan (Buni havola etilayotgan suratlar ham ko’rsatib turibdi). 

Foto: Baxtiyor Akromov "Xalq so’zi". 

Ushbu hududda yashovchi aholi ancha yillardan bo’yon mutasaddi tashkilotlarga — tuman hokimligiga, tuman yo’l qurilish bo’limiga va shuningdek, Toshkent viloyati hokimligiga ham ko’p marta murojaat qilishdi. Ammo hech qanday natija bo’lmayotir.

Foto: Baxtiyor Akromov "Xalq so’zi". 

Iltimos, shu murojaatimizga e’tibor qaratib, bizlarning ham ravon yo’llarda yurishga bo’lgan orzuimizni amalga oshishiga yordam bersangiz, deyishmoqda bu erda yashovchi aholi vakillari. 

Foto: Baxtiyor Akromov "Xalq so’zi". 

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?