Yangi Zelandiyadagi masjidlarda otishmalar boʻldi, 27 kishi halok boʻldi

12:25 15 Mart 2019 Dunyo
637 0

An-Nur masjidi / Foto: Google Maps

Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi ikkita masjidda juma namozidan keyin sodir etilgan otishma oqibatida 27 kishi halok boʻlgan. 30 ga yaqin odam yarador holatida shifoxonaga yetkazilgan. Bu haqda mahalliy Otago Daily Times nashri xabar bermoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, qurollangan kishilar mahalliy vaqt bilan soat 13:45 da yonma-yon joylashgan An-Nur va Linvud masjidiga bostirib kirgan, chiqish eshiklarini yopib, namozxonlarni oʻqqa tuta boshlagan. Otishma sodir boʻlgan vaqtda masjidda mos ravishda 200 va 300 ga yaqin qishi boʻlgan. Qotillar oʻzlarining mazkur ishlarini Facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali jonli efirda namoyish etib turgan.

Foto: Reuters

Bundan tashqari, bosqinchilardan biri hujum oldidan internetda 37 sahifalik manifest eʼlon qilib, unda oʻz rejalari haqida maʼlum qilgan.

Mahalliy politsiya bosqinchilardan biri ushlanganini maʼlum qilgan. Politsiya komissari Mayk Bushning taʼkidlashicha, shaharda boshqa bosqinchilar boʻlishi mumkin. Kraystcherch aholisiga uylarini tark etmaslik tavsiya qilingan, maktablarda mashgʻulotlar bekor qilingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?