Yangi tashkil etilgan “Respublika kinoprokat markazi”ga rahbar tayinlandi

10:10 17 Aprel 2018 Madaniyat
142 0

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 apreldagi “Respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan respublika kinoprokat tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 272-son qaroriga asosan “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etilgan edi.

Yangi markazga “O‘zbekkino” Milliy agentligining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muxtarov Ma’rufjon Mardonkulovich rahbar etib tayinlandi.

M. Muxtarov huquqshunos ma’lumotiga ega. U 2013 – 2018 yillarda “O‘zbekkino” Milliy agentligining markaziy apparatida Kadrlar bo‘limi boshlig‘i, Bosh yuriskonsult, Tizim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkiliy masalalar boshqarmasi hamda Kinoloyihalarni tematik rejalashtirish, filmlarni ekspert baholash va litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?