Yangi rukn: Kitob sehri

18:05 31 Iyul 2019 Madaniyat
272 0

Mamlakatimizda kitobxonlik davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Prezidentimizning 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi Qarori bu borada muhim dasturilamal vazifasini oʻtamoqda. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning toʻrtinchi bandi ham aynan kitobxonlik madaniyatiga bagʻishlangan.

Koʻp ming sonli oʻquvchilarimiz talabi hamda ijtimoiy soʻrovnoma natijalariga asosan, www.xs.uz elektron saytimizda “Kitob sehri” ruknini tashkil etishga qaror qildik. Mazkur sahifa orqali oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalaridan bahramand boʻlib borishingiz mumkin.

Sahifamizning ilk maqolasida “Oʻrxun Enasoy yodgorliklari”ga eʼtibor qaratilgan. Muxtasar aytganda, sahifamizdan oʻrin oladigan materiallarimizni kuzatib boring, fikr va mulohazalaringizni bildiring. Bu — biz uchun juda muhim.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?