Yangi ayfon modellarining narxi qancha?

17:15 23 Sentyabr 2019 Dunyo
467 0

20-sentyabrdan boshlab butun dunyoda iPhoneʼning yangi modellari sotuvga chiqdi. Ularning taqdimoti Apple tomonidan 10-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan edi. Repost manbasi Oʻzbekistonda iPhone 11 Pro va 11 Pro Max markalari narxini aniqladi.

Sotuvchilar va dilerlarning tan olishicha, iPhone 11 mamlakatimiz xaridorlari oʻrtasida katta mashhurlikka erishmadi va rastalarda juda kam uchramoqda.

Ushbu modelning asosiy oʻziga xosligi – orqa paneldagi uchta kamerasi mavjudligidir. Ularning barchasi 12 megapikeslli boʻlib, biroq linzalari har xil(keng, juda keng va telefoto). Har bir obyektiv oʻz aperturasi va fokus masofasiga ega. Pro Max esa 6,5, Pro esa 5,8 dyuym diagonallik ekranga ega.

iPhone 11 Pro batareyasi iPhone Xsʼga nisbatan toʻrt soat, Xs Maxʼdan besh soat koʻp ishlaydi.

iPhone 11 Pro i 11 Pro Maxʼga A13 Bionic protsessori qoʻyilgan. U soniyasiga milliard amaliyotni bajaradi. Oldingi avlodiga nisbatan tezligi 15-40 foiz oshirilib, energiya sarfi 20-30 foiz kamaytirilgan.

AQSHda iPhone 11 Pro —999, iPhone 11 Pro Max esa 1099 dollardan sotilyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?