Yandeks Xaritalarida Oʻzbekiston manzaralari paydo boʻldi

11:31 14 Dekabr 2019 Welcome to uzbekistan
287 0

Yaqindan boshlab Yandeks Oʻzbekiston manzaralarini internet tarmogʻida nashr etdi. Joriy yilning kuzida Panoram mobil - tomida maxsus foto uskunasi boʻlgan mashina respublika boʻylab sayohatga chiqdi. U Toshkent, Buxoro, Nukus, Samarqand, Xiva va Shahrisabz koʻchalari va diqqatga sazovor joylarini suratga oldi. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston boʻylab sayohatni amalga oshirdi: foto kameralar nigohidan Ustyurt platosi, Orol boʻyidagi tuzli botqoq va Amudaryo sohilidagi qadimiy aholi punktlari ham chetda qolmadi. Manzaralarni Yandeks xaritalarida koʻrish mumkin. Endi ushbu joylarni virtual tarzda sayr qilish imkoniyati paydo boʻldi. Samarqand, Registon maydoni Mazkur panoramalar mahalliy aholiga tanish boʻmagan hududlar boʻylab ekskursiyalar amalga oshirishni rejalashtirishga, turistlarga esa - sayohatga yanada yaxshiroq tayyorgarlik koʻrishga yordam beradi. Suratlardan transportning oʻtishi qiyin boʻlgan joylarda harakatlanish boʻyicha tavsiyalar bilan tanishishingiz, moʻljalni belgilashingiz va diqqatga sazovor joylarning koʻrinishini oldindan bilib olishingiz mumkin: masalan, Samarqanddagi Goʻri-Amir maqbarasi, Buxorodagi Ark qalʼasi yoki Qadimiy Xivadagi karvon-saroylarni. “Tashkent-City” xiyoboni.

“Biz manzaralarni oktyabr oyining oʻrtalaridan noyabr oyining boshlariga qadar suratga oldik: ushbu vaqtda jazirama issiq ham boʻlmaydi, yorugʻlik ham kuz iqlimidek yumshoq edi“, - deydi Yandeksning Oʻzbekiston boʻyicha mintaqaviy direktori Yevgeniy Lukyanchikov. —Suratga olish jarayoniga oldidan jiddiy tayyorgarlik koʻrilgan. Oʻzbekiston qadimiy obidalar va betakror tabiiy landshaftlarga boy zamin boʻlganligi sababli biz panoramalar iloji boricha koʻproq diqqatga sazovor joylarni qamrab olishini inobatga oldik. Marshrutni tuzish va sayohatni tashkillashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi yaqindan yordam berdi. Suratga olishda koʻrsatgan yordamlari uchun ulardan minnatdormiz.“
“Yandeks xaritalar - Oʻzbekiston shaharlarining koʻcha panoramalarini qamrab olgan eng yirik geografik axborot xizmatlaridan biri. Suratlarda mamlakatning diqqatga sazovor joylarini, jumladan, YUNESKOning Jahon merosi roʻyxatidagi obyektlarni koʻrishingiz mumkin, ular sirasiga Ichan-Qalʼa, Shahrisabzning tarixiy markazini keltirish mumkin. Dunyoning istalgan burchagidan yurtimizni kuzatish imkoniyatiga ega boʻlgan panoramalar Oʻzbekistonga sayohat qilishni rejalashtirganlar uchun yordam beradi.“, - dedi Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Tadbirkorlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Ibrohim Barnayev. 
Yandeks suratga olish guruhining Oʻzbekistonga safari chogʻida deyarli 295 ming fotosurat olindi, ulardan esa 73 mingdan ortiq dumaloq panoramalar hosil boʻldi. Tasvirga olishning umumiy masofasi ikki ming kilometrdan oshadi. Avtomobilda harakatlanishning iloji boʻlmagan joylarda operatorlar kamerani shtativga oʻrnatib, piyoda yurishdi. Misol uchun, Nukus shahridagi I.V.Saviskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi va Toshkent shahridagi yangi “Tashkent-City” bogʻini tasvirga olish ishlari shu tarzda amalga oshirildi. Shu kunga qadar Yandeks xaritalarda umumiy hisobda Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Ukraina va Turkiyaning toʻrt milliondan ortiq panoramalari nashr qilingan. Bu yerda ham shaharlar, ham tabiatning diqqatga sazovor joylarining betakror manzarasidan bahramand boʻlishingiz mumkin. Baykal koʻli, Kareliya sharsharalari, Kavkaz togʻlari, Arktika orollari va hatto sayyoraning eng baland choʻqqisi - Everest. Panoramalarni yandex.ru/maps va Yandeks xaritalar ilovasida koʻrish mumkin. Sayt egalari API Xaritalardan foydalanib, har qanday panoramani oʻz manbalariga joylashtirish imkoniyatiga ega. Podrobneye: https://uzbektourism.uz/cyrl/newnews/view?id=925


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?