Vladimir Putin vakolat muddati tugagandan keyin nima qiladi?

17:49 04 Iyul 2019 Dunyo
657 0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Italiyaga safari chogʻida ushbu mamlakatning Corriere della Sera gazetasiga intervyu berdi.

Quyida ana shu suhbatning asosiy nuqtalari bilan tanishishingiz mumkin.

Maʼlumki, 2024-yildan soʻng RFning hozirgi rahbari vakolatlari oʻz nihoyasiga yetadi. Shundan keyingi rejalar haqida berilgan savolga javob:

“Bu haqida gapirishga hali erta. Oldinda yana besh yillik gʻayratli mehnat turibdi. Hozir biz dunyoda kuzatayotgan bunday shiddatli surʼatda taxminlar qilish qiyin. Ishoning, hozir men oʻzim egallab turgan joyda qiladigan ishlarim bor”.

Sanksiyalar haqida:

“Kiritilgan noqonuniy sanksiyalarga qarshi chora-tadbirlarni qabul qilishda biz tanlab-tanlab harakat qila olmadik, chunki aks holda Jahon savdo tashkiloti bilan muammolarga duch kelardik”.

Oʻrta va yaqin uzoqlikdagi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi shartnoma haqida:

“Xalqaro xavfsizlik tizimining inqirozi AQSHning raketaga qarshi mudofaa toʻgʻrisidagi shartnomadan bir tomonlama chiqishidan soʻng boshlandi. Bu qurol-yarogʻlar ustidan nazoratning barcha tizimlari uchun asos boʻldi”.

Rossiya va AQSH oʻrtasidagi qurollanish poygasi haqida:

“Rossiya mudofaaga(qariyb 48 mlrd. dollar) qancha sarflashiyu AQSHning harbiy byudjeti(700 mlrd.dan ziyod) qancha ekanligini solishtirib koʻring. Qani unda bu yerda qurollanish poygasi? Biz bunday poygada ishtirok etmoqchi emasmiz, ammo biz oʻz xavfsizligimizni kafolatlashga masʼulmiz”.

Rossiyaning AQSHdagi saylovlarga “aralashuvi” haqida:

“Rossiyani Amerikadagi saylovlarga aralashganlikda ayblash eng bemaʼni gap boʻldi. Bularning barchasi nima bilan tugadi – hech narsa bilan. Myuller komissiyasining bunday til biriktirish boʻlmagani haqidagi xulosalari ham aniq. Hech qanday aniq faktlarni yigʻish mumkin emas – chunki u yerda hech narsa yoʻq”.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy haqida:

“Ukraina fuqarolari Zelenskiy va uning jamoasidan deklaratsiyalarni emas, balki aniq harakatlar va qisqa muddatda yaxshi tomonga oʻzgarishlarni kutyapti. Va albatta, Kiyev rasmiylari Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi qarama-qarshilik – bu umumiy manfaat emasligini, balki ishonch va oʻzaro tushunishga asoslangan pragmatik hamkorlik ekanligini tushunishlari kerak. Biz bunga tayyormiz”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?