“Vaqf” fondi oʻquvchilarga oʻquv qurollari va sumkalar ulashdi

09:45 25 Avgust 2019 Jamiyat
88 0

Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan keng qamrovli “Xayriya marafoni” tashkil etildi. Ushbu marafonda hech qanday sport turlari boʻyicha bellashilmaydi, bunda faqatgina xayr-ehsonlar ulashishda bellashuv oʻtkaziladi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar berdi.

Yurtimizning xayriyaparvar insonlari koʻmagi bilan tashkil etilayotgan “Xayriya marafoni”ning dastlabkisi Toshkent shahrida oʻtkazildi. Ushbu xayriya tadbirida 40 million soʻmlik moddiy yordam kam taʼminlangan, nogironligi boʻlgan insonlarga berildi. Toshkent shahrida istiqomat qiladigan kam taʼminlangan oilalarning 27 nafar 2-11 sinflarda tahsil oladigan farzandlariga yangi oʻquv yili uchun eng sara oʻquv qurollari, sumkalar ulashildi.

Yurtimiz bolalarining taʼlim olishida koʻrsatilgan koʻmak albatta oʻz mevasini berishiga ishonamiz. “Vaqf” fondi yurtimiz aholisini koʻproq ehson qilishga, atrofdagi muhtoj insonlarga ular soʻramasalar ham yaxshilik qilishga chaqiradi.

Xayriya tadbirlari viloyatlarda davom etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?