Valyutafurushlarni qonuniylashtirish qora bozorni yoʻq qiladi

12:15 31 Iyul 2019 Iqtisodiyot
293 0

Moskva davlat universiteti iqtisodiy fakultetining iqtisodiy siyosat tadqiqot markazi direktori, iqtisodiy fanlar nomzodi Oleg Buklemishev Oʻzbekiston valyuta rejimining liberalizatsiyasi qora bozorga qanday taʼsir qiladi degan savol yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi.

Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi, Bank-moliya akademiyasining xodimi Dilshod Rahmonov valyutafurushlarning faoliyatini qonuniylashtirishni taklif qilgandi.

Deputat bu tashabbus bilan partiyaning saylovoldi dasturini muhokama qilish jarayonida oʻrtoqlashdi.

Rahmonov valyutafurushlarning maqomini oʻzgartirish hisobiga jinoyatchilik soni kamaygan davlatlarni misol sifatida koʻrsatib oʻtdi.

Oleg Buklemishev valyuta rejimini liberalitsiyasi qora bozorni yoʻq qilish uchun eng yaxshi chora deb hisoblaydi.

Bunday tajriba koʻplab xorijiy mamlakatlarda qoʻllanilgan. Bu mamlakatlar hududida qora bozorlar umuman yoʻq, chunki u yerda valyuta faoliyati qonuniy tartibda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, bu tashabbusni qisqa vaqt ichida amalga oshirish mumkin. Shunda milliy valyuta mustahkamlanadi, fuqarolar esa oʻz mablagʻlarini unda xotirjam saqlaydi. Aks holda hech qanday taqiqlovchi choralar noqonuniy valyuta operatsiyalarini yoʻq qilishga yordam bermaydi.

2017-yil valyuta islohotidan keyin Markaziy bank valyuta bozordagi holatni barqarorlashtirishga erishdi, biroq milliy valyuta jahon valyutalarga nisbatan oʻz pozitsiyalarini yoʻqotmoqda. Biroq kursdagi oʻzgarishlar mavsumiy boʻladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?