Vagon oʻrindiklari ostiga 1 tonnadan ortiq olma va limon yashirilganligini fosh qilindi

17:29 14 Avgust 2019 Jamiyat
66 0

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Keles temir yoʻl chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Almata-Nukus” yoʻnalishi boʻyicha mamlakatimizga kirib kelgan poyezd vagonlari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.

Natijada, poyezd vagonlaridan birining oʻrindiqlari ostiga fuqaro A.N. tomonidan mamlakatimizga noqonuniy tarzda olib kirish maqsadida 1.1 tonnadan ortiq olma va limon yashirilgani fosh boʻldi. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, 17 turdagi maishiy texnika buyumlari, dori va maishiy tozalash vositalari hamda oziq-ovqatlar ham yashirincha olib oʻtilayotgan vaqtida toʻxtatib kelindi.

Mazkur tovar-moddiy boyliklarning umumiy qiymati 70 mln. 354 ming soʻmni tashkil qildi.

Mazkur poyezdda aniqlangan yana bir holatda esa qoʻshni davlat fuqarosi N.Ye. ham qiymati 29 mln. 506 ming soʻmlik 9 turdagi tovarlar, xususan oziq-ovqatlar va xoʻjalik mollarini bojxona nazoratidan yashirincha olib kirishga uringan vaqtda toʻxtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?