UzAuto Motors Tracker va Malibu avtomobillari uchun yangi taklif bilan chiqdi

12:08 18 Sentyabr 2019 Jamiyat
1876 0

UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlarga muddatli toʻlov shartlari asosida Chevrolet Malibu va Tracker avtomobillarining egasiga aylanishni taklif qiladi.

“Agar Sizda ushbu avtomobillarning 50% toʻlash imkoniyati mavjud boʻlsa, uning qolgan summasini 2 yil davomida belgilangan chakana narxlarda (foizsiz!) toʻlab, mazkur aksiyadan foydalanishingiz mumkin. Agar istasangiz avtombilning qolgan summasini muddatidan oldin toʻlash uchun ham hech qanday cheklovlar ham yoʻq.

Avtomobilni rasmiylashtirishning tezkorligi asosiy afzalliklardan biridir. Muddatli toʻlovni rasmiylashtirish uchun avtomobilingizni majburiy sugʻurta qilishingiz lozim boʻladi.

Bundan tashqari avtomobilga 100 foiz toʻlov amalga oshirgan xaridor chegirmadan foydalangan holda mazkur avtomobillarni quyidagi narxlarda xarid qilishi mumkin:

Tracker MT - 165 mln. soʻm

Tracker AT - 190 mln. soʻm

Malibu Turbo 1,5 - 250 mln. soʻm.

Aksiyalar boʻyicha batafsil maʼlumot olish uchun kompaniyaning rasmiy dilerlariga murojaat qilishingiz mumkin“ deyiladi xabarda.

Aksiya joriy yilning 18 dan 30-sentyabrigacha amal kiladi.

Kompaniya avtomobillar soni chegaralangani, avtomobil xaridi jarayonida xaridorlarga qulayliklar yaratishda davom etishini bildirgan.

Mazkur aksiyalarning shartlari oʻzaro va boshqa maxsus takliflarga aloqador emas.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?