UzAuto Motors navbatdagi aksiyani eʼlon qildi

10:25 21 May 2020 Iqtisodiyot
1073 0

UzAuto Motors avtomobil sotib olmoqchi boʻlgan, biroq mablagʻi yetmayotgan hamyurtlarimiz uchun aksiya eʼlon qildi.

Aksiyaning asosiy shartlari:

— Boshlangʻich toʻlov: avtomobil narxidan 40 % dan 70 % gacha;

— Toʻlov muddati: 12 dan 36 oygacha.

— Aksiya amal qilish muddati: 2020-yil 1-iyun (ushbu sana ham kiradi).

“Aksiya doirasida quyidagi avtomobillarni koʻrsatilgan davrlar mobaynida oyma-oy toʻlash evaziga muddatli toʻlov asosida xarid qilish mumkin:*

Spark MT/AT — 2,0 mln soʻmdan (12/18 oy)

Nexia AT — 2,6 mln soʻmdan (12/18 oy)

Tracker MT/AT — 3,8 mln soʻmdan (18/30/36 oy)

Malibu 1,5 Turbo — 5,6 mln soʻmdan (18/30/36 oy)

Trailblaizer — 4,9 mln. soʻmdan (24/36 oy)

Diqqat: oyma-oy toʻlanadigan summa boshlangʻich toʻlov hajmi hamda muddatli toʻlov davriga qarab oʻzgarib boradi.

Aksiya jismoniy va yuridik shaxslar uchun amal qiladi.

Batafsil maʼlumotlarni kompaniyaning Call-Markazi +998 78 141-77-77 hamda rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.

Aksiya doirasida qatnashayotgan avtomobillarning narxlari muddatli toʻlov evaziga amaldagi narxdan farq qilishi mumkin” deyiladi kompaniya maʼlumotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?