Uchqoʻrgʻonda oʻtkazilgan kichik “Formula-1” musobaqasidan fotoreportaj

12:11 27 Avgust 2019 Sport
119 0

Uch kun davomida Namanganda mamlakatimizning eng kuchli kartingchilari aniqlandi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi” bayramiga bagʻishlab, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan Uchqoʻrgʻon tuman oʻquv sport texnika klubiga qarashli kartadromda karting boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi final musobaqasi oʻtkazildi.

Musobaqada Toshkent shahri va barcha viloyatlardan jami 120 nafardan ziyod 7 yosh va undan yuqori boʻlgan (4 nafar qizlar) sportchilar ishtirok etdilar.

Gʻoliblarga “Vatanparvar” tashkilotining esdalik sovgʻalari, faxriy yorliqlar hamda Uchqoʻrgʻon tuman oʻquv sport texnika klubiga ikki dona karting sport texnikasi topshirildi.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?