Uchar tramvaylar yaratiladi

14:14 12 Iyul 2018 Dunyo
423 0
Foto: Bloomberg

Fransiyaning Akka Technologies va AQSHning Boeing Co. kompaniyalari o‘zaro hamkorlikda uchar tramvay yaratmoqchi. Bu haqida USA One manbasi ma’lum qildi.

Xo‘sh, Link & Fly deya nomlangan mazkur loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa qanday qulayliklar yaratiladi?

Avvalo chiqish va tushish vaqti qisqaradi, aeroportlardagi yuklanish kamayadi, uchar tramvay ham ucha oladi, ham relslar bo‘ylab harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Binobarin, Boeing korporatsiyasi fransuzlarning samolyotlar o‘rnini egallaydigan va mutlaqo yangi ko‘rinishdagi transport vositasini yaratish bo‘yicha bildirgan mazkur g‘oyasiga qiziqib qoldi. U havo va yerusti transportining o‘ziga xos gibridi ko‘rinishida bo‘ladi. Hozircha Akka Technologies tomonidan uchar tramvayning 3D-modeli namoyish etildi. Biroq yaqin kunlar ichida uning hayotdagi real konsepti ham yaratiladi.

O‘z xususiyatlari bo‘yicha uchar tramvay Airbusning A320 samolyotlari bilan tenglasha oladi. Qanotlari qulochi 49 metr, uzunligi 34 metr va balandligi 8 metrga teng. Aytib o‘tganimizdek, u nafaqat havoda, balki quruqlikda ham uzoq masofani bosib o‘tishi, 162 nafar yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazib qo‘yishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?