“Uchar sigir” sotuvga qoʻyildi

15:04 20 Avgust 2019 Dunyo
157 0

Belarus mudofaa vazirligi oʻz tasarrufidagi MI-26 vertolyotlaridan birini sotuvga qoʻydi. Uning narxi 7 million dollarni tashkil qiladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Ayni paytda davlat armiyasi hisobida “uchar sigir” deb ham ataluvchi bunday ulkan vertolyotlardan 4 ta.

Maʼlumot uchun, MI-26 vertolyoti 1977-yilda birinchi parvozini amalga oshirgan boʻlsa, 1984-yildan uni yalpi ishlab chiqarish boshlandi.

2011-yil holatiga 316 dona vertolyot ishlab chiqarilgan boʻlib, 40 donasi eksport qilingan. Oʻzbekistonda ham 1 dona MI-26 vertolyoti mavjud.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?