Uch oydan beri qidiruvda boʻlgan xavfli jinoyatchi qoʻlga olindi

16:14 05 Oktyabr 2018 Dunyo
476 0
Foto: Reduan Faid

Fransiya politsiya uch oydan beri qidiruvda boʻlgan oʻta xavfli jinoyatchi Reduan Faidni qoʻlga oldi. U uch oy oldin sheriklarni yordami bilan vertolyotda qamoqxonadan qochib ketgan ketgan edi.

Politsiya Reduan Faid qoʻlga olish amaliyoti tafsilotlarini maʼlum qilmagan. Mahalliy OAV xabariga koʻra, u Fransiya shimolidagi Krey shahrida ushlangan. Reduan Faid bilan birga olti kishi, shu jumladan akasi va ikki jiyani ham qoʻlga olingan.

Politsiya Reduan Faid bu shaharda yashirinib yurganini oldinroq payqagan boʻlsa-da, uni qoʻlga tushirish uchun qulayroq imkoniyatni poylab turgan. Hibsga olish paytida oʻqotar qurollar ishlatilmagani aytilmoqda.

U shu yilning 1 iyul kuni Sena va Marna departamentida qochib ketgan edi. Reduin Faid 1972 yilda Krey shahrida tugʻilgan. 1990-yillarda u qurolli talonchilik bilan shugʻullangan hamda talonchilar toʻdasiga rahbarlik qilgan. Retsidivist jinoyatchi 25 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Reduin Faid 2013 yilda ham Fransiyaning Lill shahridagi qamoqxonadan qochishga muvaffaq boʻlgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?