Ucell — 100 foiz davlatga tegishli kompaniya

18:26 20 May 2020 Iqtisodiyot
337 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Imоn Karimovalarning maktublari keng muhokama qilindi.

Ushbu maktubda, xususan, G.Karimova goʻyo “Ucell” aksiyalariga egalik qilishi va hozirgi paytda kompaniya davlat tomonidan emas, boshqa mulkdorlar tomonidan muvaffaqiyatli boshqarilayotgani haqida aytilgan.

“Ucell” mazkur ikkala bayonot ham haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qilgan.

2018-yil 5-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi Shvetsiya hukumatiga tegishli Telia guruhidan COSCOM ustav kapitalidagi 100% ulushi 215 million dollarga va Telia guruhining COSCOM kompaniyasiga 485 million AQSH dollari miqdorida qarz majburiyatlarini toʻlab sotib olgan. Bitim bir nechta davlatlarning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilganda, G.Karimova kompaniyaning aksiyalariga aloqasi yoʻqligi aniqlangan.

Shunday qilib, 2018-yil dekabr oyida, Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli agentligi orqali COSCOMni Telia kompaniyalar guruhidan sotib oldi va eng muhimi, unga egalik qilishni va boshqarishni davom ettirmoqda. COSCOMni sotib olish jarayoni bir qator davlatlarning barcha zarur huquqiy, moliyaviy va tartibga solish talablariga muvofiq qatʼiy tartibda amalga oshirilgan.

“Yuqoridagi xatda yagona haqiqat COSCOM muvaffaqiyatli boshqarilib kelinayotganligi. Bir yarim yildan kam vaqt ichida kompaniyamiz Oʻzbekiston Respublikasida telekommunikatsiya sohasida ilgʻor texnologiyalarni rivojlantirishda haqiqiy yetakchiga aylandi”, deyiladi kompaniya rasmiy bayonotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?