Turkmaniston Prezidentining baxshichilikka bagʻishlangan kitobi topshirildi

18:01 06 Aprel 2019 Madaniyat
543 0

Foto: O‘zA.

Termiz shahrida boʻlib oʻtayotgan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivaliga Turkmanistondan tashrif buyurgan mehmonlar mushtarak sanʼatimiz naqadar qadrli ekanligini yana bir bor eʼtirof etishdi.

Xususan, festival doirasida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning baxshichilik sanʼatiga bagʻishlangan kitobi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevga topshirildi.

Bu esa kelgusida ushbu sanʼatning oʻziga xos ilmi, sir-asrorlarini hamkorlikda egallashga zamin yaratadi.

Manba: OʻzA.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?