Turkiyada “Xorazm kunlari” boshlandi

10:50 29 Aprel 2019 Madaniyat
723 0

”Xorazm kunlari” loyihasi doirasida Turkiyaning Adana va Antaliya shaharlarida oʻtkazilayotgan tadbirlarda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida ushbu shaharlar maʼmuriyati rahbarlari va ishbilarmon doira vakillari, Xorazm viloyati bilan hamkorlik qilish istagidagi yetakchi kompaniyalar va sayyohlik tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan. Mintaqaning investitsion, eksport va turizm salohiyatiga bagʻishlangan taqdimotlar namoyishi turk ishbilarmon doira vakillari uchun viloyatimiz haqida toʻlaroq maʼlumot olish imkonini beradi va kelgusida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

”Xorazm kunlari” doirasida Xorazm viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan dramaturg Erkin Samandar qalamiga mansub ”Sulton Jaloliddin” spektaklining namoyishi ham rejalashtirilgan.

Odilbek Odamboyev, (“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?