Turk kompaniyasi “Chorsu” mehmonxonasi binosi negizida 5 yulduzli mehmonxona yaratish taklifini berdi 

15:49 17 Dekabr 2019 Welcome to uzbekistan
367 0

Kecha Istanbulda Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakillari mehmonxona biznesi bilan shugʻullanuvchi Turkiyaning Elite World Hotels kompaniyasi Boshqaruvi kengashi raisi Joʻshqun Elik (Coşkun Elik) bilan uchrashishdi. Unda Qoʻmita mutaxassislari tomonidan Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan islohotlar, turizm sohasini rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoitlar va davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida maʼlumot berildi. 

Mutaxassislarimiz kompaniyaga tegishli mehmonxonalarga tashrif buyurib, u yerda koʻrsatiladigan xizmatlar sifati darajasini koʻzdan kechirishdi. Shuningdek, J.Elik Toshkent shahridagi “Chorsu” mehmonxonasi binosida 5 yulduzli mehmonxona tashkil qilishga qiziqish bildirdi. Mazkur loyihani koʻzdan kechirish va unga investitsiya kiritish masalasida muzokara oʻtkazish uchun kompaniya rahbarining Oʻzbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. Uchrashuv yakuniga koʻra, kelgusida oʻzaro hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?