Turizm sohasida xizmat koʻrsatishga oid yangi talablar joriy etiladi

21:00 20 May 2020 Welcome to uzbekistan
550 0

Mamlakatimizda turizm sohasi va obyektlarida xalqaro xavfsizlik standartlarini joriy qilish, sohada yuqori sifatli xizmat koʻrsatishni taʼminlashga doir faoliyatni takomillashtirish rejalashtirilgan.

Xususan, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) bilan sayyohlarga xizmat koʻrsatishda xavfsizlikka oid yangi talablar muhokamasiga bagʻishlab oʻtkazilgan videokonferensiya ham ayni shu maqsadga qaratilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Onlayn muloqotda Oʻzbekiston otelyerlar uyushmasi, Aeronavtika federatsiyasi va Gastronomik turizm assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

Videokonferensiyada sanitar-gigiyenik xavfsizlikni taʼminlashda yangi standartlarni joriy qilish masalasi muhokama qilindi. Xususan, Xalqaro standartlashtirish tashkilotining “ISO 22000:2018” (oziq-ovqat mahsulotlari xalqaro xavfsizligi) standartiga muvofiq texnologiyalarni joriy qilishda hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi.

Maʼlumot oʻrnida, “ISO 22000:2018” oziq-ovqat mahsulotlari xalqaro xavfsizlik tizimi modeliga “HACCP” xavfsizlik tamoyillari belgilangan. Bu xavf tahlili, muammoli nazorat nuqtalarini aniqlash va “NASSR” rejalarini ishlab chiqishdan iborat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?