Tramp Yaponiyaga tashrif buyuradi

11:05 23 May 2019 Dunyo
626 0

AQSH prezidenti Donald Tramp Yaponiyaga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reyter axborot agentligi xabar berdi.

Tramp maʼmuriyati maʼlumotiga koʻra, ikki davlat rahbarlari uchrashuvida savdo-sotiq bilan bogʻliq hech qanaqa masala koʻrilmaydi.

Aslida AQSH va Yaponiya oʻzaro savdoga oid muhokamalarni allaqachon boshlab yuborgan. Biroq oʻrtada ayrim shubhali holatlar mavjudligi tufayli savdo shartnomasi Trampning tashrifidan keyin ham ortga surilishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?