Tojikiston Prezidenti kuzda O‘zbekistonga keladi

11:48 01 Iyun 2018 Siyosat
912 0
Foto: Sputnik

Kecha Tojikiston poytaxtidagi hukumat qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov mezbon davlat Bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashdi. Bu haqida AR xabar berdi.

Tomonlar iqtisodiyot, xavfsizlik, madaniyat, ta’lim, ijtimoiy va agrar sektor, energetika, sanoat sohalarida hamkorlik qilishni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Asosiy e’tibor O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil mart oyida Tojikistonga qilgan davlat tashrifi doirasida imzolangan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratildi.

Hukumat rahbarlari Tojikiston Prezidentining shu yil kuz faslida O‘zbekistonga amalga oshirishi rejalashtirilgan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini ham ko‘rib chiqishdi.

Tojikiston Prezidentining yaqin istiqboldagi mazkur tashrifi ikki davlat o‘rtasida barcha jabhalardagi aloqalar rivojiga yangi turtki berishiga ishonch bildirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?