Toshkentdagi yangi savdo markazlaridan birida yong‘in chiqdi

15:21 12 Iyul 2018 Jamiyat
268 0
Foto: Telegram Crystal

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 15-dahasida joylashgan Crystal savdo markazida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda aylangan turli foto va videolardan bilib olish mumkin.
Ko‘p o‘tmay, savdo markazining telegramdagi kanalida binoda chiqqan yong‘in o‘chirilganidan so‘ng qanday holatda ekani haqida ma’lumot beruvchi video joylashtirildi. Unda binong tom qismiga qisman zarar yetgani aytiladi.

Savdo markazi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida hech kim jabrlanmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?