Toshkentda yoshlar sayli boʻlib oʻtadi

18:07 14 Avgust 2019 Jamiyat
68 0

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yillik tantanalariga sanoqli kunlar qoldi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi tomonidan “Milliy qadriyatlar – poytaxt yoshlari nigohida” nomli yoshlar sayli boʻlib oʻtadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur tadbir 22-24-avgust kunlari Toshkentdagi eng gavjum hududlardan biri boʻlgan Sayilgoh koʻchasida oʻtkaziladi.

Yoshlar saylida yurtimiz va shahrimiz tarixiga oid koʻrgazmali vositalar, milliy liboslar va hunarmandchilik buyumlari namoyishi hamda boshqa tadbirlar tashkil etilmoqda.

Shuningdek, 22-avgust kuni Sayilgoh koʻchasida “Ijod zavqi” nomli karnay-surnay festivali ham boʻlib oʻtadi.

Xalqimizning ulugʻ ayyomiga bagʻishlangan betakror tadbirimizda siz ham ishtirok eting.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?