Toshkentda yaratiladigan yangi sayilgohning manzilini bilasizmi?

19:54 19 Mart 2019 Jamiyat
453 0

Illyustrativ foto

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi Qorasaroy koʻchasidan Taraqqiyot koʻchasi boʻylab to Keles yoʻli koʻchasigacha boʻlgan “Damashi” kanalining qirgʻoqboʻyi hududida “Soyboʻyi” sayilgohini ochish loyihasi hayotga tatbiq etilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining Matbuot xizmati xabar berdi.

Loyihaga muvofiq, sayilgoh hududida aholining dam olishi va sayr qilishi uchun moʻljallangan koʻngilochar xiyobonlar yaratiladi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari quriladi. Nuroniylar uchun alohida maskan, kutubxona, dunyoga mashhur inshootlarning kichik maketlari hamda oʻziga xos meʼmoriy yechimga ega boshqa bunyodkorlik namunalari ham barpo etilishi koʻzda tutilyapti.

Xullas, Toshkent shahrini yanada obod va goʻzal, eng muhimi, aholi uchun qulay sharoitlarga ega shaharga aylantirishdek ezgu niyat amaliy harakatlar bilan uygʻunlashmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?