Toshkentda yana 25 nafar bemor koronavirusni yengdi

16:44 22 May 2020 Jamiyat
88 0

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar, jami 25 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sogʻayganlarning 12 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 10 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, tuzalganlarning 11 nafari Toshkent viloyatidan, 4 nafari Surxondaryo viloyatidan, 3 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 1 nafardan Namangan va Fargʻona viloyatlaridan. Bemorlardan 12 nafari erkak, 10 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 65 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sogʻayganlar 1 nafardan Toshkent shahri, Sirdaryo va Namangan viloyatlaridan. Tuzalganlarning 1 nafari 52 yoshli erkak, 2 nafari 59 yoshli ayol va 10 yoshli qizaloq. Ulardan 2 nafari chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan, 1 nafar fuqaro esa kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 848 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 873 nafarga yetdi.

Shunday qilib, yurtimizda bugun shu paytgacha 56 nafar bemor sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 2463 nafarni tashkil etmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?