Toshkentda Sanoat robototexnikasi boʻyicha II Sammit oʻtkaziladi

18:31 17 Sentyabr 2019 Jamiyat
119 0

Joriy yilning 2-oktyabr kuni poytaxtimizning Wyndham Hotel mehmonxonasida Sanoat robototexnikasi boʻyicha ikkinchi sammit boʻlib oʻtadi. Mazkur tadbir 2018-yilning noyabr oyida tashkil etilgan Sanoat robototexnikasi boʻyicha birinchi sammitning davomi boʻlishi kutilmoqda. Maʼlumki, yuqori texnologiyalardan foydalanish kelajakda davlatlar iqtisodiyotining qay darajada rivojlanishini belgilaydi, shu munosabat bilan sanoatni avtomatlashtirish uchun zarur boʻlgan robototexnika va uskunalarning eng soʻnggi avlodlari bilan tanishish, ularni qoʻllash yurtimiz korxonalarini yangi texnologik darajaga olib chiqishi kutilmoqda.

Tadbir Innovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, MANGANOROBOT Central Asia kompaniyasi bilan hamkorlikda oʻtkazilmoqda. Sammitda sanoat robototexnikasi, sanoatni avtomatlashtirish, yuqori texnologiyali uskunalar sohasida faoliyat yurituvchi Manganorobot (Italiya), Atlas Copco (Shvetsiya), KUKA Robotics (Germaniya), Siemens (Germaniya), Bai Automazione i Aldo Toni (Italiya) kabi xorijiy kompaniyalar vakillari ham ishtirok etadilar.

Sammitda sanoat korxonalarining robotlardan foydalangan holda ishlab chiqarishni optimallashtirish imkoniyatlari, avtomobil sanoatiga, jumladan turli tovar guruhlariga avtokomponentlar ishlab chiqarish uchun yechimlar, “Aqlli shahar” tizimiga yigʻma ishlab chiqarish transformatsiyasi, raqamli texnologiyalarning avtomatlashtirishdagi ahamiyati, matritsali ishlab chiqarish mohiyati kabi masalalar muhokama etiladi.

Batafsil maʼlumotlar bilan sammitning rasmiy saytida tanishishingiz mumkin: http://inrobotsummit.uz/


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?