Toshkentda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan zamonaviy korxona ish boshladi

18:11 12 Iyul 2018 Iqtisodiyot
505 0
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq so‘zi”.

Yuqori texnologiyali mazkur korxona - “Metal Processing” mas’uliyati cheklangan jamiyati “O‘zto‘qimachiliksanoat“ uyushmasi hamda Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Shveysariyaning “Rieter AG “ kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” muxbiri Said Rahmonov xabar berdi.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq so‘zi”.

Uning loyihaviy quvvati yiliga 760 tonna metallni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Buning uchun zavod sexlari Yevropa davlatlaridan keltirilgan ilg‘or texnologik liniyalar bilan jihozlangan. Ular yordamida qalinligi 1 millimetrdan 12 millimetrgacha bo‘lgan po‘lat listlar qayta ishlanib, to‘qimachilik mashinasozligi uchun import o‘rnini bosuvchi detallar tayyorlanadi. Xususan, joriy yil yakuniga qadar zavod jamoasi “Riter-O‘zbekiston“ korxonasiga 755 ta har xil detal yetkazib berishni mo‘ljallamoqda.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq so‘zi”.

Zavodning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar ta’kidlaganidek, ushbu zavod O‘zbekiston metall sanoatida yangi davrni boshlab berdi. Sababi, u Markaziy Osiyoda yagona bo‘lib, dastlab to‘qimachilik mashinasozligi uchun zarur detallar ishlab chiqarilsa, kelgusida og‘ir sanoat korxonalari uchun import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar yetkazib beriladi. Ichki bozor ehtiyoji ta’minlangach, eksport qilish ham ko‘zda tutilgan.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq so‘zi”.

Loyiha ijrosi uchun qariyb 4 million AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb etildi.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq so‘zi”.
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq so‘zi”.

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?