Toshkentda karantin qoidalarini buzib iftorlik oʻtkazgan kafe yopildi

12:56 22 May 2020 Jamiyat
245 0

Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan Üsküdar kafesi joriy qilingan cheklovlarga qaramay, yashirin tarzda faoliyatni davom ettirgani aniqlandi.

20-may kuni IIB va SENB xizmati xodimlari poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan Üsküdar kafesida tekshiruv oʻtkazdi. Maʼlum boʻlishicha, mazkur kafe joriy qilingan karantin cheklovlariga qaramay, oʻz faoliyatini yashirin ravishda davom ettirgan. Bu haqida huquqni muhofaza qiluvchi idoralardagi manbalar maʼlum qilgan.

Tekshiruv tadbirlari vaqtida kafeda iftorga yigʻilganlar taxminan 30 kishi boʻlgani aniqlangan. Ulardan 13 nafari Oʻzbekiston fuqarosi va 17 nafari xorij fuqarolaridir.

Shuningdek, alohida xonada namoz oʻqish va boshqa diniy marosimlarni oʻtkazish uchun sharoitlar tayyorlangani aniqlandi.

Karantin tadbirlari buzilish holati yuzasidan SENB xodimlari tomonidan kafe maʼmuriyatini jinoiy javobgarlikka (20 dan 30 gacha BRV) tortish boʻyicha tegishli bayonnoma tuzildi. Kafe esa belgilangan tartibda sud jarayonlari tugaguniga qadar muhrlab qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?