Toshkentda yoʻl haqi 1400 soʻm boʻldi

09:01 15 Avgust 2019 Jamiyat
60 0

Illyustrativ foto

Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligi avtobus va metro qatnovlari narxlari 16,7 foizga oshirishni hamda bir martalik qatnov uchun 1400 soʻm miqdorida haq belgilashni, shuningdek, oylik yoʻl kartochkalari narxini hozirgi narxida ushlab turishni taklif qilishdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 30-mart kuni Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan boʻlib, unga muvofiq shahar yoʻlovchi tashish transportida yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlar (yoʻnalishli va marshrut taksilar bundan mustasno) narxlari davlat tomonidan tartibga solinadi.

Ish haqining oshishi, yoqilgʻi va ehtiyot qismlar narxlarining oshishi, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyasini taʼminlash va shahar transportidagi xarajatlarni kamaytirish boʻyicha maʼlumotlarning tahlili natijasida Moliya vazirligi taklif etilgan tariflarni tasdiqladi.

Shu yilning 15-avgustidan boshlab jamoat transportida (avtobus, metro) yoʻl haqi 200 soʻmga oshadi va 1400 soʻmni tashkil qiladi. Shu bilan birga biz oylik chiptalarni ishlatadigan shahar aholisiga oylik chiptalar narxi oʻzgarmay, oldingi narxda qolishini maʼlum qilamiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?